YUNESKO/Polsha Respublikasi hukumatining muhandislik sohasidagi stipendiyalar tanlovini e’lon qiladi
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 2019 yil 18 martdagi 067/19-sonli xatiga asosan, YuNESKO/Polsha Respublikasi hukumatining muhandislik sohasidagi 2019 yil uchun stipendiyalar tanlovini e’lon qilganligini ma’lum qilmoqchimiz.
Mazkur stipendiyalarning asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda muhandislik sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh mutahassislarni qo‘llab-quvvatlashdir. Tanlovda tanlab olingan nomzodlar Polsha Respublikasida olti oy davomida quyidagi sohalar bo‘yicha o‘qib, malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
- Biotibbiyot mutahassisligi;
- Qurilish va transport mutahassisligi;
- Tuproqshunoslik va atrof-muhit;
- Atrof –muhit muhandisligi, konchilik va energiya;
- Materialshunoslik;
- Mexanika muhandisligi;
- Sotsiologiya fanlari.
Tanlovga hujjatlar joriy yilning 22 aprel kuniga qadar YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun: 71 267-05-42, 71 267-05 61 YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya kotibi.
Tanlov shartlari va ariza shakllari ilova qilinadi. 87-03-1078 pdf